TIQXMMI yangiliklari

img
09.07.2024

Bugun «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti rektori Baxodir Mirzaev Xitoy Xalq Respublikasining Shimoli-G‘arbiy qishloq xo‘jaligi va o‘rmonchilik universiteti professori Zu Dilan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi

Unda universitetning G o‘quv binosi laboratoriya jihozlarining tahlili, yangi olib kelingan qurilmalarning ishlash prinsipi va hamkorlikda tashkil etilayotgan yangi loyihaning suhbati bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, kelajakda nafaqat laboratoriya jihozlari, balki professorlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, magistratura talabalarini ShG‘QXO‘Uda o‘qitish, birgalikda nufuzli xalqaro jurnallarda maqolalar chop etish bo‘yicha kelishib olindi.