TIQXMMI yangiliklari

img
04.07.2024

“AGROINJENERLIK” amaliyoti qizg‘in davom etmoqda

Joriy yilning 3-iyul kuni Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumanida joylashgan “TIQXMMI” MTU  “O‘quv-ilmiy markazi” DUKda “Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash” fakulteti 2-kurs talabalarining “AGROINJENERLIK” amaliyoti qizg‘in davom etmoqda. Amaliyot davomida talabalar o‘zlariga qiziqarli bo‘lgan qishloq xo‘jalik texnikalari bilan yaqindan tanishib bormoqda.

Shu bilan birga fakultet dekanati nomidan Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A. Borotov amaliyot jarayonida faol ishtirok etgan talabalarga faxriy yorliq va tashakkurnomalari bilan taqdirladilar. Talabalar shunday sharoit yaratib bergan universitet rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdilar va kelajakda biz olgan bilim va ko‘nimmalar universitetimizning obruyini ko‘tarishiga ishonch bildirib o‘tdilar. Yana bir talabamiz amaliyot amalda bo‘lishi kerakligi ya’ni shu kabi davom etishlarini katta ishonch bildirdilar.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti amaliyot rahbari Sh.Abduroxmonov axboroti

Universitet matbuot xizmati