TIQXMMI yangiliklari

img
11.06.2024

Ma'naviyat va ma'rifat markazida hisobot yig'ilishi o'tkazildi

Joriy yilning 11-iyun kuni Universitetimiz maʼnaviyat va maʼrifat markazida 2023-2024-oʻquv yili doirasida yillik sarhisob yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Ushbu yigʻilishda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor R Choriyev,  rektor maslahatchi A Abdusamatov, universitet xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Z Ismoilovalar qatnashdilar.

 

Yigʻilishda yil davomida oʻzining mehnati va intilishlarini yuzaga chiqargan bir qator fakultet tyutorlari eʼtirof etildi,ayrim muammo va kamchiliklar esa etiborga olindi hamda kelgusi oʻquv yilida bartaraf etish yoʻllari Prorektor tomonidan aytib oʻtildi. Shuningdek tyutorlar oʻzlarining  taklifi va mulohazalari bilan oʻrtoqlashdilar.