![img](https://tiiame.uz/sites/default/files/photo_2024-06-10_11-05-34.jpg)
10.06.2024
Talabalar turar joyida qizlar bilan uchrashuv
Joriy yilning 7-iyun kuni “Energetika” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboyeva tomonidan 3-talabalar turar joyida fakultet talaba-qizlari bilan suhbatlashildi. Qizlarga yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Qizlarning o‘z uylariga ta’tilga borish yuzasidan mavjud muammolari o‘rganildi. O‘rganish natijasiga ko‘ra hozirda moddiy yordamga muhtoj talaba-qizlar yo‘q.
Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboyeva axboroti
Universitet matbuot xizmati