TIQXMMI yangiliklari

img
07.06.2024

«TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti Xitoy ekspertlari bilan hamkorlikda smart universitetga aylantirilmoqda

Xitoy Xalq Respublikasining CIDCA tashkiloti mutaxassislari Guo Yuanjun va Xitoy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari akademiyasi vakillari bilan «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetida uchrashuv o‘tkazdi.

Unda universitetnining xalqaro transformatsiyasi, ta’lim sifati, o‘quv jarayonining nazorati va talabalarga qulay sharoitlar yaratish loyihasi muhokama qilindi. Xususan, barcha o‘quv binolarini to‘laqonli Wi-Fi 7 tezkorligi bilan ta’minlash, ta’lim jarayoni kamera kuzatuvini oshirish, smart kampus yaratish kabi takliflarning ish rejasi bilan tanishtirildi.

Shuningdek, universitetimiz bazasida O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari uchun yagona bo‘lgan datasenter yaratish va uni amaliyotga tatbiq etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.