TIQXMMI yangiliklari

img
05.06.2024

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti QS agentligining dunyo top-550 universitetlari reytingida

O‘zbekiston OTMlari tarixda ilk marotaba dunyoning TOP universitetlari qatoridan o‘rin oldi. QS reyting agentligi tomonidan e’lon qilingan dunyo universitetlari reytingi (QS WUR-2025) natijalariga ko‘ra, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti mamlakatimiz OTMlari orasida birinchi bo‘lib dunyoning TOP universitetlari qatoridan joy oldi va 22.6 ball bilan TOP 547-o‘rinni egalladi. Bu natija bilan joriy yilda ushbu reytingda ilk marotaba qayd etilgan (new entrant) dunyoning 21 ta universitetlari orasida e’tirof etildi. Bu yil QS reyting agentligi tomonidan 106 davlatdan jami 5663 ta universitetlar tahlil qilinib, 1503 ta universitet dunyo universitetlari reytingiga kiritilgan.

QS WURning baholangan alohida indikatorlari bo‘yicha “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti quyidagi natijalarni qo‘lga kiritdi:

Talabalarning universitet xodimlariga nisbati bo‘yicha

- 144 o‘rin

Akademik obro‘si bo‘yicha

- 290 o‘rin

Ish beruvchilar orasidagi obro‘si bo‘yicha

- 456 o‘rin

Xorijlik professor-o‘qituvchilar ulushi bo‘yicha

- 522 o‘rin

Bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishi bo‘yicha

- 659 o‘rin

Barqarorlik bo‘yicha

- 678 o‘rin

Chop etilgan maqolalarga iqtiboslik darajasi bo‘yicha

- 701+ o‘rin

Xorijliklar bilan chop etilgan maqolalar ulushi bo‘yicha

- 701+ o‘rin

Xorijlik talabalar ulushi bo‘yicha

- 701+ o‘rin

Jumladan, quyidagi indikatorlar bo‘yicha O‘zbekiston OTMlari orasida 1 o‘rinni qayd etdi

Talabalarning universitet xodimlariga nisbati bo‘yicha

- 1 o‘rin

Akademik obro‘si bo‘yicha

- 1 o‘rin

Ish beruvchilar orasidagi obro‘si bo‘yicha

- 1 o‘rin

Barqarorlik bo‘yicha

- 1 o‘rin

Chop etilgan maqolalarga iqtiboslik darajasi bo‘yicha

- 1 o‘rin

Xorijlik talabalar ulushi bo‘yicha

- 1 o‘rin

Eslatib o‘tamiz, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti QS xalqaro reyting agentligi tomonidan 2024-yil uchun e’lon qilingan “Fan sohalari reytingi” (Subject Rankings 2024) ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2 ta fan sohasi bo‘yicha dunyo universitetlarining TOP-400 lik ro'yxatida e’tirof etilgan bo‘lib, shundan 1 tasi yirik fanlar sohalari va 1 ta ixtisoslashgan fan bo‘yicha yuqori natija qayd etilgan edi.

Shuningdek, 2023-yil noyabr oyida QS xalqaro reyting agentligi tomonidan e’lon qilingan 2024-yil uchun Osiyo mintaqasi universitetlari reytingi (QS World University Rankings: Asia) natijalariga ko‘ra, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Osiyo va tinch okean mintaqasi universitetlari reytingida 88 pog‘ona yuqorilab, 249 o‘rinni egallagandi. Markaziy Osiyo universitetlari orasida esa 9 o‘rinda e’tirof etilib, O‘zbekiston universitetlari orasida 1 o‘rinda qayd etilgandi.

2023-yil dekabr oyida QS xalqaro reyting agentligi tomonidan e’lon qilingan 2024-yil uchun dunyo universitetlarining barqarorlik reytingi (QS World University Rankings: Sustainability Ranking 2024) natijalariga ko‘ra, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti dunyo universitetlari reytingida ilk marta dunyoning TOP-1000 universitetlari qatoridan joy olib, 701-710 o‘rinni, Osiyo universitetlari orasida 190 o‘rin va O‘zbekiston OTMlari ichida 1-o‘rinda e’tirof etilgandi.