TIQXMMI yangiliklari

img
04.06.2024

Tozalikka mas’ulmiz!

Joriy yilning 31- may kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova 3- TTJ da fakultet talaba qizlari bilan dildan ochiq davra suhbati o'tkazdilar.

Talaba qizlarimizni sog'liqlari, yakuniy nazoratlarni topshirishda hech qanday muammo yo'qligi, kayfiyatlari to'g'risida suhbatlashildi.

 Azal-azaldan xalqimiz tozalik va orastalikka, sarаnjom sarishtalikka rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish singari masalalarga juda jiddiy ahamiyat berib kelgan. Tozalik inson salomatligining garovi ekanligining, saranjom- sarishtalikka hammamiz mas'ul ekanligimizni doimo  kelajak avlod vakillariga uqtirib kelishgan. Shunday ekan o'z uyimizni , tevarak atrofni toza -ozodaligini, saqlashga har birmiz mas’ul ekanimizni unutmasligimiz zarurdir.

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati