TIQXMMI yangiliklari

img
03.06.2024

Ichish-chekish illati

Joriy yilning 30-may kuni  “Ekologiya va huquq” fakulteti  2-TTJ yashovchi  talaba qizlar bilan “Yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi kurashish” mavzusida fakultet Xotin-qizlar masalaari bo‘yicha dekan maslahatchisi B.Mamadaminova, "Gumanitar fanlar" kafedrasi dotsenti H.Botirovalar tоmonidan davra suhbati tashkil etildi. 

Davra suhbatida hozirgi vaqtda butun dunyoda global muammoga aylanib borayotgan chekish, alkogol mahsulotlar iste'mol qilish va shu kabi giyohvandlik moddalarini qabul qilish kabilarga aksariyat yoshlar ruju qo‘yib borayotganligi juda achinarli holat ekanligi, bu illat bizning mamlakatimizda boshqa davlatlarga nisbatan unchalik keng tarqalmagan bo‘lsadda, lekin ularga qarshi kurashish zarurligi, mazkur holatlarga kirib qolayotgan yoshlar asosan ishsiz va e'tibordan chetda bo‘lganlar o‘rtasida kuzatilayotganligi, keyinchalik ular o‘z qatorlariga boshqalarni ham tortishi mumkinligi, unga nisbatan jamoatchilik, birgalikdagi keng profilaktik ishlar olib borilishi to‘g‘risida batafsil so‘z yuritildi. Shuningdek,  o‘zini, oilasini, yaqinlarini, butun insoniyatni va kelajak avlodlarni o‘ylagan har bir shaxs uchun giyohvandlikka qarshi kurashda faol bo‘lish, bu ishda har kim qo‘lidan kelgan hissasini qo‘shmog‘i darkor. Bilib turib beparvo bo‘lishga hech birimizni  haqqimiz yo‘qligi, giyohvandlikka qarshi kurash davlat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar vazifasi bo‘lmasdan, balki unga barchamiz birday mas'ul bo‘lmog‘imiz lozimligi ta’kidlandi.

Fakultet Xotin-qizlar kengashi axboroti

Universitet matbuot xizmati