TIQXMMI yangiliklari

img
01.06.2024

«TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Xinjiang Ekologiya va Geografiya instituti direktori Zhang Yuanming boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi

Unda rektor universitetning tarixi, xalqaro reyting ko‘rsatkichlari, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlar va o‘quv jarayoni bilan tanishtirdi. Taqdimotda «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetining Xitoy Respublikasi oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan o‘quv laboratoriyalari va bajarilayotgan xalqaro grantlar haqida to‘xtalib o‘tdi. “Xitoy Respublikasi universitetimizning eng yaqin hamkor mamlakati hisoblanadi, umid qilamanki sizning institutingiz bilan ham bir necha yo‘nalishlarda hamkorlik o‘rnatiladi, hamda ko‘p yillik rejali ishlar amalga oshiriladi” - dedi universitet rektori Mirzayev Baxodir Suyunovich.

Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, birgalikda maqolalar chop etish, hamda universitet qoshidagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti negizida qo‘shma loyihalar amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, hozirgi vaqtda universitetimiz bir necha xodimlari ushbu institutda malaka oshirish jarayonidaligini ta’kidlab o‘tdi Zhang Yuanming.