TIQXMMI yangiliklari

img
31.05.2024

“Ilhom buloqlari” to’garagi a’zolarining uchrashuvi

Universitetimizda tashkil etilgan “Ilhom buloqlari” to’garagi a’zolarining o’quv yili yakuni bo’yicha ijodiy uchrashuvi bo’lib o’tdi. Unda universitetning ijodkor yoshlaridan tashkil topgan to’garak a’zolari hamda to’garak rahbari Xursandbek Ro’zmetovlar ishtirok etdilar. Mazkur uchrashuvda universitetimizda yil davomida o’tkazilgan tadbirlardagi ishtiroklar sarhisob qilindi.  Shuningdek, talaba yoshlarning yangi ijodiy ishlari ko’rib chiqildi, yutuq va kamchiliklari tahlil qilindi. Talabalarning Prezident stipendiyasi, A.Oripov hamda boshqa nomdor stipendiyalarga hujjat topshirishi bilan bog’liq qiynayotgan masalalar bo’yicha to’garak rahbari tomonidan tegishli ma’lumot va tavsiyalar berildi. Keyingi o’quv yilida bundanda katta va shijoatli jamoa bilan yangi marralarni zabt etishga kelishib olindi.

“Ilhom buloqlari” to’garagi rahbari X. Ro’zmetov axboroti

Universitet matbuot xizmati