TIQXMMI yangiliklari

img
30.05.2024

“Milliy qadriyatlar sayli”da

Millatning o‘zligi uning qadriyatlariga sadoqatida. Jamoaning jam bo‘lishi, ma’rifiy tadbirlarning tashkil etilishida san’atning alohida o‘rni borligi ayon. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, ma’naviyat va ma’rifat maskani bo‘lmish “Adiblar xiyoboni” kecha har qachongidan ham gavjum bo‘lgani rost. 29 may kuni “Toshkent  irrigatsiya  va  qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari  instituti” Milliy tadqiqot universitetining Yillik hisobot ma’naviy – ma’rifiy tadbir kechasida talaba va tyutorlaridan tortib dekan va prorektorlari, bir so‘z bilan aytganda butun rahbariyat adabiyot bog‘ida gavjum bo‘lishdi.

Gul va rangorang sharlar bilan go‘zal qilib bezatilgan sahnada chinakam bayramona shukuh, kayfiyat hukmron bo‘ldi. Tadbir boshlangunga qadar bayramga tashrif buyuruvchi mexmonlarimizga ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida Ona Vatanni, istiqlolimiz va tinchligimizning, ezgu qadriyatlarimiz va milliy an’analarimizni tarannum etuvchi zamonaviy, milliy va retro ko‘shiqlar fonogrammasi eshittirib turildi. Boshlovchi yosh avlodni ma’naviy boy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularni milliy g‘oya va an’analar ruhida kamol toptirish, jamiyatda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, xalqimizning mamlakatda erishilyotgan bunyodkorlik yutuqlaridan shukronalik tuyg‘usini yanada oshirish hamda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvatlash yili” Davlat dasturi doirasida yoshlarning mazmunli hordiq chiqarishlari uchun tashkil etilgan badiiy-ma’naviy hisobot tadbir kechasini tantanavor tarzda e’lon qildi.

Shuningdek, tadbirda hamkorlik qilayotgan Respublika Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi OTMlar, jumladan O‘zbek-Belarus Qo‘shma instituti, Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti jamoasi ham o‘z chiqishlari bilan davraga fayz kiritishini ta’kidlab o‘tdi. So‘ngra universitetimiz dotsenti Abduhakim Ahmedovning Ona vatan va el tinchligiga bag‘ishlangan bir juft qo‘shig‘i yangradi. O‘zbek Belarus qo‘shma instituti faol talabalari tomonidan o‘zbek milliy doira zarb san’ati turlari To‘xtaboev Azizbek va Asatullaev Aminjon tomonidan ijro etildi.

O‘zbek milliy askiya san’atidan namunalar ijro etadi Xasanov Abdulbosid va Rashidxonov Jalolxonlarning chiqishlari ham e’tiborga molik bo‘ldi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Sharq yulduzi”, “Zvezda Vostoka” jurnallari tahririyatining mas’ul xodimi, iqtidorli shoir Muhammad Ismoil chiqib qo‘shiqlarga aylanib ketgan mashhur she’rlaridan o‘qib berdi. Badiiy to‘garak a’zosi ijodkor talabalardan Sheraliev Muxammadqayum ijrosida ona qo‘shig‘i  ko‘pchilikka ma’qul keldi.

Universitetimizning faol xodimi “Ilhom buloqlari” to‘garagining rahbari Xursandbek Ruzmetov o‘z she’riy chiqishlari bilan ko‘pchilik talaba yoshlarga ibrat bo‘ldi. Ichak uzdi hangomalari bilan o‘zimizning mashhur “TARG‘IBOT” jamoamiz ham davrani fayzini olib barchaga iliq kayfiyat baxsh etdi.  Ayniqsa, universitetimiz “Xor” jamoasining rahbari Muhayyoxon Muhammedova boshchiligida badiiy to‘garak a’zolari aytgan gimn va sho‘x qo‘shiqlar barchaning ha’yratiga yana bir sazovor bo‘ldi.

O‘zbek Belarus qo‘shma instituti faol talabalasi tomonidan Akmaljonov Odiljon  ijrosida milliy qo‘shiqlar ketma-ketligi she’rxonlikka va laparlarga ulanib ketdi. Iqtidorli san’atkor she’r va qo‘shiqlari bilan Umidjon Qanoatov ham bo‘sh kelmadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, “Surxon” guruhining solisti To‘lqin Fayz hamda O‘zbek-konsert birlashmasining yakkaxon xonandasi maftunkor Shahruzaning jozibador qo‘shiqlari universitetimiz jamoasini raqsga chorladi. Xullas, milliy qadriyatlarimiz tarannumiga bag‘ishlangan bayram sayli ko‘ngildagidan ham ziyoda tarzda kechdi.

Universitet matbuot xizmati