TIQXMMI yangiliklari

img
30.05.2024

Adiblar hiyoboniga ekskursiya

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida faoliyat yuritayotgan chet ellik xodimlar hamda universitetda tahsil olayotgan chet ellik talabalar bilan Adiblar hiyoboniga ekskursiya tashkil etildi.

Mazkur ekskursiyada volontyor talabalarimiz Adiblar hiyobonidagi shoir, yozuvchi hamda adiblarni birma-bir mehmonlarga tanishtirib o'tdilar. Ekskursiya so'ngida mehmonlar u yerda yaratilgan sharoitlar haqida o'z fikrlarini aytib yana bir bor Adiblar hiyoboniga kelish istagi borligini bildirib o'tdilar.