TIQXMMI yangiliklari

img
24.05.2024

O‘zbekiston qaxramonini xotirlab

Joriy yilning 23 may kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekan o’rinbosari A.Azimov tyutorlar D.Xursandova, X.Saidovalar boshchiligida fakultetning faol, iqtidorli talabalari O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripovni xotirlash maqsadida “Adiblar hiyoboni”dagi shoirning xaykali poyida tadbir uyushtirildi.

Fakultetda tahsil olayotgan-adabiyot ixlosmandlari, she'riyatga oshno talabalari O'zbek millatining asl qahramoni, vatan kuychisi, mamlakat madhiyasining muallifi A.Oripov siymosini xotirlashni an'anaga aylantirshdi. Bu kabi tadbirlardan ilhomlangan talaba yoshlarda Vatanparvarlik, adibimiz kabi buyuk inson bo‘lish, Vatanimiz ravnaqiga o‘z hissalarini qo‘shishga bo‘lgan his-tuyg‘ular shakllanib borayotgani juda ham quvonarli holat. Biz pedagoglar ham yosh avlodning ongida yuksak insoniy fazilatlarni kamol topishiga hissa qo‘shayotganimizdan bag‘oyatda mamnunmiz.

“Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekan o’rinbosari A.Azimov axboroti

Universitet matbuot xizmati