TIQXMMI yangiliklari

img
24.05.2024

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Mirzaev maxalla yoshlari bilan uchrashdi

Toshkent shaxar Yashnobod tumani “Marifat”, “Oydinko‘l”, “Beshbola”  mahallalaridan biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda bugungi kunda maktab, oliy ta’limda tahsil olayotgan yoshlar qatorida ehtiyotsizlik oqibatida turli nojo‘ya yo‘llarga kirib qolgan va bugungi kunda tuzalish yo‘liga kirgan yoshlar ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda rektor tomonidan yoshlar muammolari va takliflari o‘rganildi. Jumladan, yoshlar tomonidan universitetda mavjud yo‘nalishlarga bo‘lgan qiziqish, til o‘rganish kurslarida ishtirok etish takliflari rektor tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Shuningdek, yoshlarni qiynayotgan turli muammolarning yechimi bo‘yicha yuzma-yuz suhbatlashildi.  Mazkur muammolarni  hal etish hamda ayrim yoshlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash chora tadbirlari bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.