TIQXMMI yangiliklari

img
24.05.2024

Universitetim – iftixorim manbai

“Ta’lim olgan ustozingdan ayrilma” degan Maxtumquli qalamiga mansub bo‘lgan bir she’rni hofizlar maromiga yetkazib ijro etishgan. Bu degani ta’lim olgan joyingga ta’zim ham demakdir. Mashhur turkman shoiri Maxtumquli Xivada Sherg‘ozixon madrasasida ta’lim olganidan voqifsiz. Uning o‘qishni bitkazib ketish arafasida o‘zi tahsil olgan madrasaga atab “Xush qol, go‘zal Sherg‘ozi” degan ash’or bitgan. Bu ta’lim bergan mudarrislar va madrasaga ehtirom demakdir.

Demak, muayyan joyda tahsil olarkanmiz, o‘zimiz o‘qigan ta’lim dargohi haqida kengroq ma’lumotga ega bo‘lishimiz zarur. Bu esa har bir inson qalbida g‘urur va iftixorni paydo qiladi.

Xuddi shu ma’noda “Mening universitetim” mavzusi ostida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti tarixini o‘rganish bo‘yicha talabalar orasida insho yozish tanlovining o‘tkazilishida ham ana shu maqsad bor. Shuni ta’kidlash kerakki, bu o‘ziga xos maxsus NIZOM asosida o‘tkazilayapti.

Mazkur nizom davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarga muvofiq talaba-yoshlar o‘rtasida yozma ijodni shakllantirib, ularning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, kitobxon o‘quvchilarni milliy qadriyatimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda o‘zbek tilining ahamiyatini yuksaltirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21- oktyabrdagi PF-5850-son va 2020 yil 20-oktyabrdagi PF-6084-son Farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Ko‘rik-tanlov universitet talabalari o‘rtasida ikki bosqichda tashkil etilmoqda. Fakultet bosqichi.Universitet bosqichi.

Ko‘rik-tanlovda universitetning asosan bakalavriat bosqichida tahsil oladigan barcha talabalar ishtirok etishmoqda bugun yakuniy bosqichga start berildi. Insho yozish shartlari va tartibi haqida Yoshlar, ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Zuhriddin Haydarov ma’lumot berib o‘tdi. Tanlovdan ko‘zlangan maqsad asosan, talaba-yoshlarni milliy qadriyatimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda o‘zbek tilining ahamiyatini yuksaltirish,talaba-yoshlarning o‘zlari ta’lim olayotgan ilm dargohi tarixini qay- darajada bilishini aniqlash, ular qalbida vatanparvarlik, kasbga sadoqat, ilm o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoq hamda yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan mehr- muhabbatni uyg‘otish, bugungi kun global muammolarini yechimini topishda kreativ fikrlashni rivojlantirish va ijodiy yondashuvni oshirish, universitet rivojlanishi yo‘lida zamonaviy, yangi loyihalarni amalga oshirish va unda faollik ko‘rsatishga chorlashdir.

Universitet  matbuot  xizmati