TIQXMMI yangiliklari

img
23.05.2024

Xorijiy hamkorlik davr talabi

2024 yilning 23 may kuni Osiyo taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekiston Respublikasining 2024-2026 yillarda suv xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishda texnik ko‘mak” (Техническое содействие в реализации стратегии развития водного хозяйства Республики Узбекистан 2024-2026 г.) loyihasi rahbari Tim Hannan, irrigatsiya sohasi bo‘yicha xorijiy injener Mohan Reddy, loyiha rahbari muovini Sergey Аveryanovlar bilan “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professorlari: Xamidov M.X., Begmatov I.А., Matyakubov B.Sh, va k.o‘q. Mamatqulov Z. lar loyiha doirasida hamkorlik bo‘yicha fikr almashdilar.

Respublikada sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv tejamkor sug‘orish texnologiyalarni qo‘llash, irrigatsiya muammolarini GАT texnologiyasi asosida yechimlarini topish yuzasidan Universitetda erishilgan ilmiy natijalari bilan tanishib, ushbu loyihaning o‘quv-ilmiy markazini “TIQXMMI” MTU da tashkil qilish imkonlari va loyihani bajarilishida hamkorlikda doirasida qilinadigan ishlar kelishib olindi.