TIQXMMI yangiliklari

img
23.05.2024

Umrni zavol etuvchi «lazzat»

Giyohvand moddalarning aholi orasida keng tarqalishining sabablari bir qator bo'lib, ular orasida psixologik omil alohida o'rin tutadi. Giyohvandlikka ruju qo'yish sabablari ko'p. Ular ichida ruhiy-hissiy zo'riqishlar asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, ruhiy-hissiy zo'riqishlardan so'ng “psixologik vakuum”ning paydo bo'lishi, oiladagi nosog'lom muhit, salbiy hissiyotlarga berilish, kayfiyatni dori orqali ko'tarishga intilish, yoshlarning giyohvandlik ko'chasiga kirib qolishiga sabab bo'lmoqda.

Giyohvandlik kabi salbiy illatlarning oldini olish va profilaktika qilish maqsadida joriy yilning 22-may kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova, «Gidrotexnika qurilishi» fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova hamda fakultet tyutori D.Xursandovalar hamkorlikda «Gidrotexnika qurilishi» fakulteti 1-Talabalar turar joyi talaba qizlari bilan "Giyohvandlik – kelajak kushandasi" mavzusida seminar trening tashkil etdilar. Giyohvandlikka ruju qo'yish, asosan, o'smirlik davridan boshlanadi va bunda oiladagi noto'g'ri tarbiya eng katta sabablardan biridir. Ota-ona tomonidan farzandlarga ko'rsatilgan giperopeka (haddan tashqari g'amxo'rlik) yoki gipoopeka (farzandga yetarli darajada mehr bermaslik, haddan ortiq qattiqqo'llik) farzandning sog'lom shaxs bo'lib rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. O'smir uydan bezib, ko'chadan mehr izlay boshlaydi va giyohvand moddalar tarqatuvchilar guruhiga beixtiyor qo'shilib qoladi. Uning o'zi ham keyinchalik giyohvand moddalarni qabul qila boshlaydi. Bora-bora unda ushbu moddalarga jismoniy va ruhiy qaramlik paydo bo'ladi. Tadbir davomida giyohvandlikning organizmga va intellektual rivojlanishga salbiy ta'sirlari, bu global muammoning barqaror rivojlanishga solayotgan xavfi, uning oldini olish, xususan, yoshlar o'rtasida sog'lom hayot tarzini mustahkam qaror toptirish borasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Tadbir bahs va munozaralar orqali juda chiroyli o'tdi. Barcha ishtirokchilar faol qatnashishdi va o'zlari uchun foydali ma'lumotlarga ega bo'lgan xolda tadbir nihoyalandi. 

Universitet psixologi M.K. Muhammedova, “Gidrotexnika qurilish” fakulteti tyutori D. Xursandovalar axboroti 

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati