TIQXMMI yangiliklari

img
22.05.2024

Universitet musavvirlari Adiblar xiyobonida

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 17-apreldagi 121-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining 13-bandida Adiblar xiyoboniga tashrif buyuruvchilarning grafika yo‘nalishida portretini joyida chizib beruvchi rassomlar uchun zarur sharoitlar yaratish va taniqli rassomlarni jalb qilish vazifasi belgilangan. Shu munosabat bilan, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetiga biriktirilgan Abdulla Oripov haykali oldida universitetda tahsil olayotgan talabalar Adiblar xiyoboniga tashrif buyuruvchilarning grafika yo‘nalishida portretini joyida chizib berib o‘z iqtidorlarini ko‘rsatishdi. O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov ijodidan she’r va qo‘shiqlar kuylashdi, shoirning hayoti va ijodi bilan bog‘liq savol javoblar hamda viktorinalarda ishtirok etdilar.