TIQXMMI yangiliklari

img
22.05.2024

“21 may – Kutubxonachilar kuni”

“21 may – Kutubxonachilar kuni” munosabati bilan Axborot-resurs markazida хodimlarni kasb bayrami bilan tabriklash marosimi, shu jumladan universitetimiz kutubхonasida uzoq yillar rahbarlik qilgan, o`z kasbining fidoyisi Nuriddin Halidovich Asfendiyarovni xotirlash va nomini keng ommalashtirish maqsadida “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi o`tkazildi.

Tadbirda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Xudayarov so‘zga chiqib, kutubxonachi xodimlarni bayram bilan tabrikladi va esdalik sovg‘alarni topshirdi. So`zga ARM direktori M.Yaxyayev hamda direktor o'rinbosari X.Choriyevlar chiqib, xodimlarni kasb bayrami bilan muborakbod etdilar.

Shundan so`ng bo`lim mudiri N.Yu. Milichenkova universitetimiz Axborot-resurs markazida uzoq yillar rahbarlik qilgan ustoz Nuriddin Halidovich Asfendiyarovni xotirlab, uning hayoti va faoliyati to`g'risidagi taqdimotni namoyish etdi.

Tadbir davomida “Eng yaxshi kitobxon” tanlovining “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasidan yuqori ballni to`plagan 3 ta ishtirokchilaridan Fayzullaxodjayev Bexzod Shaxzod o`g`li, Tòymurodov Sherzod Normurod òģli, Xursandbekov Asadbek Farxod o'g'li yo`zgan maqolalarining qisqa taqdimotlarini namoyish etdilar. Tanlov g`oliblari universitet rektorining “Tashakkurnoma”lari va kasaba yushmasining sovg`alari bilan taqdirlandilar.