TIQXMMI yangiliklari

img
22.05.2024

Anjuman g’oliblarini taqdirlash

2024 yil 21 mayda anjumanda o’z ma’ruzalari bilan qatnashgan  3 nafar talabalarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Ushbu taqdirlash marosimiga “Yer resurslari va kadastr” fakultetining dekani A.Inamov va professor-o’qituvchilar qatnashdilar. Fakulet dekani A.Inamov ma’ruzalarning asosiy mazmuni bugungi kundagi qishloq va suv xo’jaligining, yer resurslarini boshqarishning dolzarb masalalariga qaratilganligi, ma’ruzalar uch tilda, ya’ni o’zbek, rus va ingliz tillarida prezentatsiya qilinganligi va sho’ba faoliyati natijasiga ko’ra, eng yaxshi maqolalar mualliflari sifatida 1-o’rin: A.Hakimov (3-bosqich talabasi); 2-o’rin: SH.Ismatulaev (2-bosqich talabasi); 3-o’rin: O.Abdug’aniev (2-bosqich talabasi) rag’batlantirishga tavsiya etilganligi to’g’risida gapirib o’tdi. Bugun ushbu faxriy o’rinlarni egallagan talabalarga diplomlar va sovg’alar topshirildi.

“Yer resurslari va kadastr” fakultetining axboroti