TIQXMMI yangiliklari

img
21.05.2024

Ustoz-shogird an’anasi – milliy qadriyat

2024 yil 17-may kuni “Elektrotexnologiyalar va elektr uskunalari ekspluatatsiyasi” kafedrasi dotsenti t.f.d., A.Boqiev Talabalar turar joyiga tashrif buyurdi. Talabalarning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishdi. Talabalarning xonalariga birma-bir kirib ular bilan ochiq muloqot olib bordi. Talabalarga xonalarini toza saqlash, ichki tartib qoidalariga rioya qilish va ko‘proq vaqtlarini kitob o‘qish va yangi bilimlarni egallashga sarf qilishlari kerak ekanligi to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

3-Talabalar turar joyi Ma’naviyat xonasida talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazildi. A.Boqiev talabalarga hayot tajribalari va talabalikdan hozirgi kunigacha bosib o‘tgan yo‘li to‘g‘risida batafsil so‘zlab berdi. Yoshlarga Respublikamiz taraqqiyotiga energetika sohasining o‘rni va hozirgi kunda bilimli kadrlarga talab ortib borayotgani to‘g‘risida aytib o‘tdi.

Bugungi kunda talabalar faqat bilim egallashi, amaliyotga o‘z vaqtida borib kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘lishi hamda kelajakda o‘z sohasini yetuk mutaxassisi bo‘lsa qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishi haqida o‘z shogirdlari misolida keltirib o‘tildi. Ochiq suhbat  qiziqarli savol - javoblar shaklida o‘tkazildi.

Ustoz talaba yoshlarga kelgusi o‘qish va ishlariga ulkan zafarlar tilab qoldi.

Universitet matbuot xizmati