TIQXMMI yangiliklari

img
21.05.2024

Botanika bog’ida o’tkazilgan festival

“Ekologiya va huquq” fakultetining bir guruh faol talaba yoshlari Toshkent shahridagi Botanika bog’ida o’tkazilgan O’zbekistonning Yevropa davlatlari bilan hamkorligining 30 yilligi festivalida ishtirok etishdi. Unda turli treyninglar, jamoaviy o’yinlar va O’zbekistonning Yevropa davlatlari bilan hamkorlikdagi hunarmandchilik, qishloq xo’jaligi va turli sohalardagi ishlari ko’rgazmasi ham tashkil etildi.

Fakultet talabalari boshqa OTM lari bilan ekologik jarayonlar bo’yicha o’tkazilgan jamoaviy o’yinlarda g’oliblikni qo’lga kiritdilar.

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori X.Ro’zmetov axboroti

Universitet matbuot xizmati