TIQXMMI yangiliklari

img
20.05.2024

Bitiruvchilar uchrashuvi

2024 yil 18-may kuni “TIQXMMI” – MTU ning “Gidotexnika qurilishi” fa`kultetini bundan 40-yil oldin, ya’ni 1984 -yil  bitirgan  kursdoshlar uchrashuvi bo’lib o’tdi.  “GTQ”  fa`kulteti dekani muvoni A.Azimov mehmonlarga fa`kultet  va kafedralarda  talabalarga bilim berish jarayonlari, olib borilayotgan ma’naviy -ma’rifiy  va  Ilmiy tadqiqot  ishlari  bo`yicha ma’lumotlar berdi.   Uchrashuvda Milliy tadqiqot universitetini bitirganlar jamiyati bo`yicha ma’sul  R. Ergashev, so’zga chiqib, bu jamiyatning  vazifalari va oldiga qo’yilgan maqsadlari  boyicha ma’lumotlar berdi. 

Bitiruvchilar nomidan so’zga chiqqan Qaxramon Sharopovich Fatullaev   “Bitirganimizga    40  yil  bo`libdi. Bu universitetda  xozirgi kunda farzandlarimiz bilim olmoqdalar.  Shu jumladan mening  farzandim xam  magistraturada  o’qiydi.   Biz respublikadagi oliy o’quv yurtlari orasida 1-o’rinni egallab turgan tabarruk dargohni bitirganimizdan hamisha faxrlanib yashaymiz” - deb fikr bildirdi.        

Mexmonlar o’quv laboratoriya xonalarida va universitetning tarixi bo`yicha tashkil etilgan muzeyda   bo’ldilar.

Bitiruvchilar uchrashuvga kelganlarni kutib olish va ustozlar bilan uchrashuvni yaxshi tashkil etilganligi  uchun  universitet raxbariyati va tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdilar.