TIQXMMI yangiliklari

img
20.05.2024

Muzey orqali moziyga safar

Joriy yilning 18-may kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Gidrotexnika qurilishi» fakulteti tyutori D.Xursandova boshchiligida fakultetning faol talabalari "Xalqaro muzeylar kuni" munosabati bilan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga ekskursiyaga borishdi.

Talabalar bilan muzeydagi eksponatlarni sinchkovlik bilan tomosha qildik. Biz har yil bu muzeyga tashrif buyuramiz va har gal har xil, yangidan-yangi taassurotlarga ega bo'lib ma'naviy ozuqa olamiz.

Muzey binosining muhtasham va betakror qiyofasi, unda saqlanayotgan Sohibqiron va  temuriylar hayotidan hikoya qiluvchi eksponatlar, ayniqsa,  Amur Temur davridagi tangalar kollektsiyasi, qadimiy milliy liboslar

talabalarimizni hayratga solish bilan birgalikda,  juda ham yoqdi. Muzeyga tashrif yosh avlodni yurtimiz tarixi va ajdodlarimizning boy  merosidan g'ururlanishga, Vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishga ta'sir etadigan kuchli vositalardan biridir. Shunday ekan biz pedagoglar yosh avlodni barkamol insonlar bo‘lib shakllanishlariga, ma'naviy,  madaniy saviyalarini oshirishga, estetik didlarini o‘sishiga o‘z hissamizni qo‘shayotganimizdan bag‘oyat mamnunmiz.

“Gidrotexnika qurilish” fakulteti tyutori D. Xursandova  axboroti

   Universitet matbuot xizmati