TIQXMMI yangiliklari

img
20.05.2024

Targ'ibotning ta'sirchan mexanizmi

       ''Ma'rifat ulashib'' doirasidagi tadbirlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi va Respublika Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan hamkorlikda tuzilgan maxsus jadval asosida bir guruh ziyolilar targ‘ibot ishlariga safarbar etilganligi ma'lum.

        Universitetimiz professori Rahimboy Jumaniyozov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolaridan iqtidorli shoirlar Nilufar Umarova, Shahriyor Shavkatlar bilan birgalikda Qashqadaryo viloyatida bo‘lishdi. Ular oldingi safarlari paytida Qarshi muhandislik Iqtisodiyot va Shahrisabz Davlat pedagogika institutida bo‘lishgandi. Bu gal Qarshi Axboot Texnologoiyalari va Menejment universiteti hamda Turon universiteti talaba va professor o'qituvchilari bilan ijodiy muloqotlar uyushtirishdi.

         Ayni paytda o'sha oliy ta'lim muassasalariga biriktirilgan o'rta maxsus maktablarda o‘quvchi yoshlqr bilan suhbatlar uyushtirib, o'zlarining kitoblarini dastxatlari bilan tarqatishdi. R.Jumaniyozov navbatdan tashqari universitetimizning filiali bo'lgan Qarshi Irrigatsiya va Agrotexnologiyalar  institutida professor o'qituvchilar bilan ''Pedagogning kommunikativ kompetentligi - Sifatli ta'lim mezoni" mavzuida amaliy ma'ruza qilib jadayonni videoga muhrlab Youtubega joylashtirdi.

      Ma'rifat ulashishning mohiyati va samarasi professor o‘qituvchilarning nutq madanitati va notiqlik san'ati bilan chambarchas bog‘liq ekanini ishtirokchilar yana bir karra his etishdi. Prezidentimiz e'tirof etganlaridek "TA'LIM SIFATINI OSHIRISH - YANGI O'ZBEKISTONNING YAKKAYU YAGONA TO'G'RI YO'LIDIR." Shunday ekan, pedagogik mahorat - ta'lim natijadorligi va samaradorligining o'zagi va o‘zanidir.

Universitet matbuot xizmati