TIQXMMI yangiliklari

img
20.05.2024

Ingliz tili har jabhada

"Ingliz tili har jabhada" shiori ostida ingliz tili o'qituvchisi Dilafruz Madalieva "Gidromelioratsiya" fakultetining 102 - guruh talabalari bilan birgalikda Parkent tumanida joylashgan "Quyosh instituti"ga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida talabalar O'zbekistonda birinchi barpo etilgan quyosh panellari muzeyi, tarixi va ularni hozirgi kunda qanday yangi ilmiy izlanishlar natijasida qilinayotgan alternativ issiqlik manbalarini talabalar ko'rib o'rganishdi.

So'ng talabalar dengiz sathidan 1500metr balandlikdagi Kumushkon qishlogida joylashga Hazrati Ali Buva ziyoratgohiga tashrif ham uyushtirildi. Tashrif davomida ko'plab tabiiy giyohlar dunyosi,suv zaxiralari, buloq suvlari haqida ma'lumotlarga ega bo'lishdi. Turli interaktiv o'yinlar orqali talabalar toza havoda samarali vaqt o'tkazishdi. Sayohat juda ma'lumotlarga bo'y va qiziqarli o'tdi.

"Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchisi D.Madaliyeva axboroti

Universitet matbuot xizmati