TIQXMMI yangiliklari

img
20.05.2024

“Temuriylar tarixi davlat muzeyi”ga talabalar tashrifi

18-may - "Xalqaro muzeylar kuni" munosabati bilan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot univesiteti “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori I.Ahmedova va “Iqtisodiyot” fakulteti tyutori G.Shodiyevalar o‘zlariga biriktirilgan 1-bosqich talabalari bilan birgalikda butun dunyo bo`ylab taniqli bo`lgan buyuk sarkardamiz Amir Temur tavalludining 660 yilligi sharafiga ochilgan “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”ga tashrif buyurishdi. Muzeyga tashrif  buyurishdan ko`zlangan maqsad Sohibqiron shaxsiyatiga nisbatan yurtimizda tarixiy adolat tantana qilganligini isbotini yana bir bor ko`rishdir.

Bu muzeyda bizning o`tmishimiz ham, bugungi kunimiz ham, buyuk iqbolimiz ham bamisoli ko`zguda aks etgandek namoyon bo‘ladi. Muzeydan o‘rin olgan 5 mingdan ziyod eksponatlar miloddan avvalgi 2 mingyillikka oid Sopollitepa va Jarqoton topilmalari va boshqa  shunga oxshash muzeydan o`rin olgan ekspozitsiyalar (buyumashyolar, hujjatlar, jangovar mukofotlar va qurolyarogʻlar)ni  ko`rib talaba yoshlarimizning vatanparvarligini ona yurtga muhabbat va sadoqatini yanada oshirishga qaratilgan.

 “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori I.Axmedova  axboroti

   Universitet matbuot xizmati