TIQXMMI yangiliklari

img
16.05.2024

Universitetning 3 nafar tayanch doktoranti Vengriyada ilmiy stajirovka o’tamoqda

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Yer resurslari va kadastr fakulteti “Geodeziya va Geoinformatika” kafedrasi “Geoinformatika” ixtisosligi tayanch doktorantlari A.Orazbayev, Z.Abdurahmonov va Sh.Hamidullayev “ERASMUS+ Program, Key Action1, Learning mobility for higher education students and staff” (Erasmus+ ICM) loyihasi doirasida bugungi kunda Vengriya davlatining Obuda universitetida 3 oylik ilmiy stajirovka oʻtamoqdalar.

Tadqiqotchilarga Obuda universiteti professori Dr. Wojtaszek Małgorzata rahbar sifatida biriktirilgan boʻlib, masofadan zondlash boʻyicha Vengriya tajribasini o’rgatmoqda. Mazkur stajirovka dasturiga asosan, tadqiqotchilar geoinformatika sohasiga oid manbalar, qoʻshimcha dasturlar, olib borilayotgan ilmiy ishlar, zamonaviy bilim hamda tajribalarini oʻrganishmoqda. 2024-yil 8-12-aprel kunlari Obuda universitetida “Yashil shaharlar uchun yosh tadqiqotchilar akademiyasi” xalqaro tadbiri tashkil etildi.

Tayanch doktorantlarimiz ushbu tadbir doirasida tashkil etilgan “Intelligent Data Analysis for Non-data Scientists with Case Studies”, “Mapping technology with drones” va boshqa qiziqarli mavzudagi maruzalarda ishtirok etdilar. Shuningdek, tadbir davomida Vengriyaning diqqatga sazovor joylariga tashriflar amalga oshirildi. 2024-yil 7-may kuni “Mikoviny Sámuel College ilgʻor talabalari uchun tadqiqotlar” umumiy mavzusida tashkil etilgan yig’ilishda tadqiqotchilarimiz A.Orazbayev, Z.Abdurahmonov hamda Sh.Hamidullayev Geoinformatika institutining majlislar zalida “Tabiiy oʻzgarishlarni masofadan turib zondlash va modellashtirish” mavzusidagi seminar doirasida oʻzlarining PhD dissertatsiya mavzulari boʻyicha taqdimot qildilar. Tayanch doktorantlarimiz Obuda universiteti tomonidan tashkil etilayotgan yana juda koʻplab qiziqarli tadbirlarga jalb etilib, ularda faol ishtirok etib kelishmoqda.

Loyiha koordinatori I.Abduraxmanov axboroti