TIQXMMI yangiliklari

img
15.05.2024

“Bitiruvchilar uchrashuvi”

2024 yil 11 may kuni “TIQXMMI” MTU ni 40 yil oldin 1979-1984 yillarda “TIQXMMI” “Suv xo‘jaligi iqtisodi va uni tashkil etish” fakultetida tahsil olishgan bitiruvchilarni uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bitiruvchilarni uchrashuvini tashkil etish va bitiruvchilarni universitetda yig‘ishda tashkilotchi sifatida “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti Saidova Madina Hamidovna tashabbuskor bo‘ldilar.

Bitiruvchilarni universitetda munosib kutib olinib, avvalo universitetda yaratilgan sharoitlar hamda o‘quv binolari, IT park, axborot resurs markazi, muzeylar hamda “Iqtisodiyot” fakulteti o‘quv binosi va auditoriyalari bilan yaqindan tanishtirildi. Bitiruvchilar bilan Universitet Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor R.Choriev uchrashdi va bitiruvchilar bilan dildan suhbatlashildi. Uchrashuv davomida bitiruvchilarga dars bergan ustozlar yod olindi, o‘tganlarini haqlariga duolar o‘qildi, shuningdek, bitiruvchilarga dars bergan hozirda nafaqada bo‘lgan ustoz Po‘latov Askar Po‘latovich bilan onlayn suhbatlashildi ustozni tabriklari va niyatlari eshitildi.

Bitiruvchilarga o‘qib yurgan davrlarida murabbiylik qilgan “BH va A” kafedrasini dotsenti Xodjimuhamedova Shahida Ibragimovna hamrohlik qildilar. Uchrashuvni davomi sifatida Toshkent shahridagi Hazrati Imom majmuasi va Islom sivilizatsiya markaziga tashrif uyushtirildi va diqqatga sazovor qadamjolar ziyorat qilindi. Undan so‘ng Zangiota ziyoratgohida ham ziyorat qilindi o‘tganlarni xotirlandi. Uchrashuv davomida qadrdon kursdoshlar o‘zaro dildan suhbatlar qilinib, diydorlashib turish va bu kunlarning shukronasi va qadrriga etish muhim ekanligi takror takror fikrlar bildirildi. Bitiruvchilarni 40 yillik uchrashuvlari juda qizg‘in va esda qolarli voqeliklarga boy bo‘ldi.

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev ma’lumoti

Universitet matbuot xizmati