TIQXMMI yangiliklari

img
15.05.2024

Horizon 2020 Hydro4U Xalqaro loyihasi Yevropaning ekologik toza kichik gidroenergetika uskunalari va texnologiyalarini Markaziy Osiyoga moslashtirish bo‘yicha o‘z faoliyatini davom ettirmoqda

Yevropa va Markaziy Osiyoning 8 ta davlatidan 13 ta hamkor universitetlar Markaziy Osiyoda barqaror kichik gidroenergetikani rivojlantirish yo’nalishida o’zaro hamkorlik qilishmoqda, jumladan “TIIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti ham. Istiqbolli transchegaraviy suv - oziq-ovqat – energetika - iqlim - atrof-muhit Nexus yondoshuvi hayotiyligini ko'rsatadigan ushbu loyiha Yevropa Ittifoqining “Horizon 2020” No.101022905-sonli grant shartnomasi doirasida tadqiqot va innovatsiyalari jamg’armasidan mablag' olgan.

Loyiha faoliyati 2021-yil iyun oyida boshlanganidan deyarli 3 yil o'tgach, Farg’ona Viloyati Farg’ona tumanida Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib eng zamonaviy va ekologik toza Yevropa uskunalari va texnologiyalari va baliq suzib o’tish yo‘lagi, shuningdek, “tabiiy jarayonlar tayangan” yechimlarga asoslangan quyi oqimga qarab suzayotgan baliqlarni himoya qilish va migratsiyasi inshootlari bilan jihozlangan ekologik barqaror gidroelektrostantsiya barpo qilindi. Natijada Dunyodagi eng ekologik toza va xavfsiz GESlardan biri bo’lgan “Shohimardon kichik GESi” Oʻzbekistonning Koʻksu daryosi Shoximardon eksklavida qurilib, ishga tushirish va foydalanishga tayyor qilindi.

1970-1971 yillarda Koʻksu daryosi boʻylab yoʻl qurilish ishlari olib borilganda daryo oʻzani va qirgʻoqlari oʻzgartirilgan. Buning natijasida balandligi taxminan 3.5 m bo’lgan sun'iy sharshara paydo bo'ldi. 2021 va 2022 yillarda bahor va kuzgi ekologik, electrofishing va telemetriya tadqiqotlari davomida sharsharaning yuqori oqimida baliqlar kuzatilmagani va daryodagi sharsharaning baliqlar migratsiyasi uchun engib bo'lmas to'siq bo’lib qolganligi aniqlandi. Hydro4U olimlarining tavsiyalariga binoan bu sharshara 2024 yil Aprelida buzib tashlandi va daryo o’zani tekislashtirildi.

Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu GES qurilishi uchun zarur bo’lgan barcha asbob-uskunalar va ularni montaj qilish hamda GESni ishga tushirish Hydro4U loyihasi mablag’lari hisobidan qoplandi va amalga oshirildi.

Prof., doktor Baxtiyor Karimov

Loyiha bo’yicha “TIQXMMI” MTU VIJ rahbari