TIQXMMI yangiliklari

img
15.05.2024

Talabalar  turar  joyida ichki tartib –intizom

2024 yil 14-mayda “Yer resurslari va kadastr” fakulteti xotin kizlar kengash tomonidan 4-sonli talabalar turar joyida qizlar o’rtasida «Talabalar turar joyida  ichki tartib-intizom » to’g’risida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu davra suhbatiga Z.Xafizova,talabalar turar joyi direktori N.Turaqulovalar qatnashdilar.  O’tkazilgan davra suhbatidan ko’zlangan maqsad talabalar turar joyida yashovchi qizlarning kiyinish, muomala madaniyati, axloqiy qadriyatlar, hamda shaxsiy va umumiy gigiena haqidagi bilimlarini kengaytirishdir.

Yotoqxonada istiqomat qilayotgan har bir talaba yotoqxonaning ichki tartib intizomiga rioya qilishlari shart. Undan tashqari navbatchilik vaqtida –navbatchilar , ayniqsa kechqurun yuvinish xonalarini, oshxonalarni tekshirib chiqishlari  zarur.

Qisqa qilib aytadigan bo’lsak, tuzilgan shartnomaga rioya qilishimiz kerak.

Shartnomada kerakli ma’lumotlar to’liq berilgan.

Shu bilan birga talaba  qizlarga -   odob-axloq me’yorlari haqida qo’shimcha ma’lumotlar ham  berib  o’tildi.

"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi  Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati