TIQXMMI yangiliklari

img
15.05.2024

Konferensiya ishtirokchilari taqdirlandi

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida 10-11 may kunlari “QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGINING ZAMONAVIY MUAMMOLARI” mavzusidagi anʼanaviy XXIII - yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy – amaliy anjumani bo'lib o'tdi.

Unda "Filologiya va tillarni o‘qitishda zamonaviy tendensiyalar" sho'basi bo'yicha 40ga yaqin maqolalar kelib tushgan, hamda himoya qilgan talabalar orasida 3 ta faxrli o'rinlar belgilandi, xususan, "Ingliz tili" kafedrasi tomonidan tashkil etilgan "Iqtidorli talabalar to'garagi" a'zolaridan Ahmedov Diyor 1-darajali diplom bilan (ilmiy rahbar "Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchisi Yuldasheva Nargiza), Qurolov Bunyod 2-darajali diplom va Nishonov Ramazon 3-darajali diplom (ilmiy rahbar "Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchisi Ziyadulloyeva Mohidil) bilan ilmiy maqolalarining mazmunli taqdimoti uchun taqdirlandilar.

"Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchisi N.Yuldasheva axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati