TIQXMMI yangiliklari

img
15.05.2024

Siz qonunni bilasizmi

2024-yil 14-may kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti  “Xotin-qizlar kengashi” a’zolari, fakultet yoshlar ittifoqi kengashining tashabbusi  bilan, talaba- qizlar ishtirokida  “Huquqiy savodxonlikni oshirish”  doirasida “Siz qonunni bilasizmi?”  ko‘rik tanlovi  o‘tkazildi. 

Tadbirda  fakultet dekani Q.Shavazov, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi E.G‘aniboyevalar so‘zga chiqib, talaba-yoshlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, ko‘rik tanloviga tuzilgan savollar amaldagi qonunlarimizga mos kelishi bo‘yicha  bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. O‘yin qizg‘in baxs-munozaralarga boy o‘tdi. 1-o‘rin -  Bilag‘onlar, 2- o‘rin - Motivator, 3-o‘rin -Birdamlik jamoalari qo‘lga kiritdilar. Ko‘rik  tanlovda  faol qatnashgan guruhlardan “Balli qizlar”, “Huquqshunos” jamoalariga minnatdorchilik  bildiramiz.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Хotin-qizlar maslahat kengashi raisi E.G‘aniboyeva axboroti

Universitet matbuot xizmati