TIQXMMI yangiliklari

img
14.05.2024

“Ustoz-shogird tizimi” boʻyicha uchrashuv

Joriy yilning 14-may kuni TJAB kafedrasi assistenti R.Erzakova tomonidan “Ustoz-shogird tizimi” boʻyicha biriktirilgan talabalar bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda talabalar bilan fanlardan oʻzlashtirish, yakuniy nazoratlar boʻyicha suhbatlashildi. Suhbat davomida talabalar tomonidan baholash mezonlari, kerakli asbob-uskunalar, laboratoriya jihozlari, materiallar, koʻrgazmali qurollar, texnika vositalari kabi jihozlardan foydalanish toʻgʻrisida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi. Suhbat yakunida R.Erzakova tomonidan talabalarga kafedra fanlari boʻyicha texnik adabiyotlar roʻyxati, uslubiy koʻrsatma, qoʻllanmalar boʻyicha koʻplab tavsiyalar berib oʻtildi.