TIQXMMI yangiliklari

img
14.05.2024

XXIII yosh olimlar ilmiy-amaliy anjumani yakunlandi

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida “Qishloq va suv xo’jaligining zamonaviy muаmmolari” mavzusidagi  XXIII yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumani 2024 - yil 10 -11 may kunlari o‘tkazildi.

Ushbu anjumanning X sho'basi Qishloq va suv xo'jaligida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy, pedagogik ma'naviy omillari deb nomlangan bo'lib 50 ga yaqing maqola va tezislar qabul qilindi. 2-kun davomida har bir muallif talabalarning ilmiy ishlari himoya qilish mobaynida ko'rib chiqildi.

Maqola va tezislar orasidan eng yaxshi yoziganlari saralab olinib quyidagi talaba yoshlar rag'batlantirildi. 1- O'ringa  Qurbonov M.O. 2-kurs 213b-guruh talabasi Professional ta’lim “Yer kadastri va yer tuzish” yo'nalishi. 2-O'rin Yarbekova M., Gidromelioratsiya fakulteti 2-kurs M va YaMT yönalish  210-guruhi talabasi 3-o'ringa Sadirboyev Xasan, Gidrotexnika qurilishi 202-bosqich talabalari munosib deb topilib,

I,II,III darajali diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.  Qiziqarli, sermazmun va muhokamaga boy bo‘lgan anjuman yuqori saviyada o‘tkazildi, barcha maqolalar o'zgacha yondashuv bilan tayyorlanganligi barchamizni quvontirdi.

“Professional ta’lim" kafedrasi assistenti Z.Temirova axboroti

Universitet matbuot xizmati