TIQXMMI yangiliklari

img
12.05.2024

Zukko kitobxon

10-may kuni "Adiblar xiyoboni"da Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi bilan hamkorlikda  “Zukko kitobxon” intellektual va kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi. Loyiha o‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri, akademik  G‘afur G‘ulom tavalludining 121 yilligi munosabati bilan tashkil etildi. Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu  tanlovda oliy ta’lim muassasalari talabalaridan iborat 15 ta jamoa ishtirok etdi.

Jamoalar G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor hamda Muhammad Yusuf asarlari asosida o‘zlarining kitobxonlik bo‘yicha bilimlarini sinovdan o’tkazdilar. Kitobxonlik tanlovida O‘zbekiston Milliy Universitetining “O‘zMU girls” jamoasi 1- oʻrinni, Guliston davlat universitetining "Kamolot" jamoasi 2 - oʻrinni, "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining "Sundoku" jamoasi 3-o'rinni qoʻlga kiritishdi.

Universitet matbuot xizmati