TIQXMMI yangiliklari

img
06.05.2024

Samarqand sayqaliga sayohat

“TIQXMMI” MTU “Iqtisodiyot” fakulteti  “Ingliz tili” kafedrasi katta о‘qituvchisi Baxtigul Isaqulova boshchiligida “Yer resurslari va kadastr” fakulteti 110-guruh talabalari dunyoga mashhur tarixiy shahar- Samarqand bo‘ylab sayohat qildilar: "Shohi Zinda" maqbaralar majmuini ziyorat qilib, Samarqand shahrining asosiy maydoni bo‘lgan "Registon"da joylashgan "Sherdor" va "Tillakori" madrasalariga tashrif buyurdilar, bu yerda ular turli davlatlardan tashrif buyurgan ingliz zabon sayohatchilar bilan suhbatlashdilar va ingliz tilida so‘zlashuv ko‘nikmalarini rivojlantirdilar.

Sayohat davomida "Ulug‘bek rasadxonasi" va "Islom Karimov maqbarasi"ni ziyorat qilishgach, so'ngi manzillar ko‘xna "Siyob" bozoriga va “Ko‘xna Samarqand” shaharchasi bo‘ldi. Sayohatdan katta zavq olgan talabalar kelgusida ingliz tilini yanada mukammal o‘rganishga bo‘lgan motivatsiya ila Toshkentga qaytishdi.

“Ingliz tili” kafedrasi katta o‘qituvchisi B.Isaqulova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati