TIQXMMI yangiliklari

img
06.05.2024

"Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi

2-may kuni  "Iqtisodiyot" fakultetining “Ingliz tili” kafedrasi tomonidan Universitet qoshidagi maktab va Piskent tumani 1-IDUM o'qituvchilari va bitiruvchilariga tashkil qilingan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.  Ishtirokchilar universitet tarixi, hozirgi davrdagi mavqei, universitet binolari xususan, "Axborot resurs markazi", 'Innovatsion cluster markazi', sport zal,  laboratoriyalar va o'quv hamda amaliyot binolari va ulardagi jarayonlar bilan yaqindan tanishishdi.

"Ingliz tili" kafedrasi tomonidan aniq ishlab chiqilgan dastur doirasida tashrif buyuruvchilar chiroyli kutib olindi, beydjiklar taqildi, universitet haqida tanishtirildi va albatta, uzoq masofadan kelganligini inobatga olgan holda "Coffee break" tashkillashtirildi.

Tadbirda ikkala maktabning ham bir guruh bitiruvchi o‘quvchilari qiziqish ila qatnashib, universitetimizda o‘qishning afzalliklari va kelajakdagi imkoniyatlar haqida tushunchaga ega bo‘lishdi va albatta barcha mamlakatimiz bitiruvchilariga o'qishni oliy ta'limda davom ettirishlari uchun "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetini tanlashni tavsiya qilib qolishmoqdaki, bu bilan yurtimiz kelajagiga va rivojiga hissa qo'sha oladigan yosh-yetuk kadrlar tayyorlash oliy maqsad qilib olingan.

"Ingliz tili" kafedrasi axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati