TIQXMMI yangiliklari

img
03.05.2024

Giyohvandlik - umr zavoli

3-may kuni “TIQXMMI” milliy tadqitot universiteti “Ekologiya va huquq”  fakulteti tyutorlari I.Ahmedova hamda X.Ro’zmetovlar tashabbusi bilan fakultetning 1-bosqich talabalari va Universitet huquq tartibot profilaktika katta inspektori, mayor Ubaydullayev Avzal Rixsiboyevich ishtirokida giyohvandlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan tadbir tashkil qilindi. Tadbirda giyohvandlikning oldini olish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash sohasida xorijiy, xalqaro tashkilotlar yoki chet el davlatlari, shuningdek ichki donorlarning mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasining davlat tashkilotlari yoki nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan texnik ko‘maklashish loyihalari/dasturlarini samarali amalga oshirish, ularning amalga oshirilishi uchun faoliyatni muvofiqlashtirishni takomillashtirish va qat’iy nazoratni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining bir qator qonun bilan belgilab qo‘yilgan tartib qoidalari to‘g‘risida tanishtirildi va universitetimizda o`rnatilgan  ichki tartib qoidalari va odob - axloq kodeksiga rioya qilish, tamaki va alkagol maxsulotlari iste’molining zararlari va oqibatlari, shuningdek, ta’qiqlangan diniy ma’ruzalar tarqatish orqali o’zi bilmagan holda jinoyatchiga aylanib qolayotgan yoshlar haqida ham atroflicha so’z yuritildi. Yuqoridagi zararli odatlar va jamiyatda yurish-turish tartib qoidalarini qasddan buzganlik uchun jazo choralari haqida ham to’xtalib o’tildi. Tadbir davomida talabalar o’zlariga kerakli xulosalarni chiqarib olishdi.

:“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari I.Ahmedova va X.Ro`zmetovlar axboroti

  Universitet matbuot xizmati