TIQXMMI yangiliklari

img
01.05.2024

Ijodiy seminar tashkil qilindi

Joriy yilning 30-aprel kuni Universitetimiz G-bino 1-ma’ruzalar zalida, universitet talabalarining ma’naviy bilimlarini yanada rivojlantirish maqsadida “Gidromelioratsiya” fakulteti “Professional ta’lim” kafedrasi professor – o’qituvchilari tashabbusi hamda talabalar va tyutorlar bilan birgalikda universitetning tadbirlar zalida ijodiy seminar tashkil etildi. Ijodiy seminarga xalqimiz suygan taniqli ijodkor O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, kino aktyor Ravshan Jop'rayev tashrif buyurdi hamda talabalar o’rtasida jonli muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda aktyor o’z hayoti, ijodiy yo’li haqida gapirib berdi. Suhbat davomida u o’ynagan rollardan lavhalar namoyish etdi. Mohir aktyor tomonidan talabalar bilan jonli muloqot tashkil etilib, talabalar o’zlari qiziqqan savollarga qoniqarli javoblar oldilar.

Tadbirda "Gidromelioratsiya" fakulteti talabalari, "Professional ta’lim" kafedrasi mudiri D.Muqumova va proffesor-o’qituvchilari Z.Ismailova, D.Mustafoyeva, A.Jumanov, U.Jumamurodova, Z.Temirovalar,  tyutorlar, G Ahmedjanova, A.Shonazarov, D. Axrorova, o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini S.Meliquziyevlar ishtrirok etishdi.

Tadbir so’nggida mehmon san’atkorga universitetimiz tomonidan  tashakkurnoma taqdim etildi.

El ardog'idagi aktyor bilan uchrashuv yorqin taassurotlarga boy bo’ldi.

Umuman olganda bu kabi uchrashuvlar har bir talaba ruhiyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatib, hayotdan mamnun, zavq olib yashashga undaydi.

Professional ta’lim” kafedrasi assistenti Z.Temirova axboroti

Universitet matbuot xizmati