TIQXMMI yangiliklari

img
01.05.2024

Xalqaro olimpiada – xalqaro ta’lim hamkorligining asosiy poydevori.

“TIQXMMI” Milly tadqiqot universiteti va Qozoq-Nemes universiteti bilan hamkorlikda bir necha yildan buyon an’anaviy tarzda, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari, Afg‘oniston va Mangoliya OTMIari ishtirokida "Barqaror rivojlanish maqsadlari" mintaqaviy tаlаbаlаr olimpiadasi. o‘tkazib kelinmoqda.

Joriy yil 30-aprel kuni “TIQXMMI” Milly tadqiqot universitetida ushbu xalqaro olimpiadaning milliy bosqichi tashkil etildi. Tashkil etilgan olimpiadada Yurtimizdagi 13 ta Oliy ta’lim muassasalaridan 109 nafar talaba onlayn va oflayn tarzda ishtirok etdi. Olimpiadani “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Abdulxakim Saloxiddinov va Qozoq-Nemes universiteti prorektori Barbara Yanush-Pavletta kirish so‘zi bilan ochib berdilar. Olimpiadada Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Аndijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar universiteti va mezbon “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti talabalari oflayn tarzda ishtirok etishdi.

Ushbu olimpiada yoshlarning iqlim o‘zgarishi sharoitida toza energiyalardan foydalanish hamda shaharlar va aholi yashash punktlari barqarorligini ta’minlash borasidagi bilimlarini oshirish shuningdek, ona tabiat va uning ne’matlariga mehr muhabbat ruhida tarbiyalashga shuningdek ushbu sohada yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalarni keng targ‘ib qilish va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligi bilan muhim ahamiyatga ega.

Bu yilgi olimpiada quyidagi asosiy 3 ta;

-“Suv va yer resurslarini barqaror boshqarish”;

-“Iqlim o‘zgarishi va toza energiya”;

-“Sanoatlashuv, innovatsiya, infratuzilma hamda shaharlar va aholi yashash punklari barqarorligi” yo‘nalishda tashkil etildi.

Olimpiadaning 1-bosqichi online shaklda, test sinovlari ko‘rinishida o‘tkazildi va birinchi bosqich natijalari shu kunning o‘zida e’lon qilindi. Natijalarga ko‘ra olimpiadaning har bir yo‘nalishidan
5 nafardan, jami 15 nafar talaba ikkinchi bosqichda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ikkinchi bosqichda ishtirok etgan talabalar o‘zlarining loyihalari taqdimotlari bilan ishtirok etishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra olimpiadaning ikkita bosqichida yuqori natija ko‘rsatgan quyidagi talabalar:

1-o‘rin- “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, Qurbonova Kamila;

2-o‘rin- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Eshtemirov Shohjahon;

3-o‘rin- O‘zbekiston Milliy universiteti, Solijonov Asilbek;

3-o‘rin- “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, Javokhir Abdukarimov sohibi bo‘ldi.

Shu o‘rinda ushbu olimpiadani o‘tkazishda yaqindan yordam berib qo‘llab-quvvatlagani uchun universitet rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. Va olimpiadada g‘olib bo‘lgan talabalarni ushbu yutuq bilan tabriklab kelgusi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Iqtidorli talabalar bo‘limi axboroti