TIQXMMI yangiliklari

img
22.04.2024

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori Baxodir Mirzayev Osiyo taraqqiyot bankining "Inson va ijtimoiy rivojlanish sektori" boshqarmasi katta iqtisodchisi Ryotaro Xayashi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuv davomida universitetning o‘quv, ilmiy strategigik rivojlanishi va xalqaro reytinglardagi o‘rni haqida ma’lumot berildi. O‘z navbatida janob Ryotaro Xayashi O‘zbekistonda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi amalga oshirilayotgan va kelgusida amalga oshirishi mumkin bo‘lgan loyihalar muhoka qilindi.

Jumladan, birinchi loyihada Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jalik XAB universitetga aylantirish bo‘lib, ushbu hududda joylashgan qishloq xo‘jaligiga oid universitetlar uchun markaziy universitet sifatida xizmat ko‘rsatiladi.

Ikkinchi loyihada Osiyo taraqqiyot banki ushbu XAB uchun zamonaviy va sohaga oid laboratoriyalar sotib olib berishi. Barcha Markaziy Osiyo agrar universitetlari professor-o‘qituvchilar va magistrantlar stajirovkalar tashkil etiladi. Ushbu loyiha amalga oshirishi Markaziy Osiyo bo‘yicha yagona va markaziy agrar universitetga aylanishiga, dunyo arenasida 10 ta agrar XAB universitetlardan biriga aylantiriladi.