TIQXMMI yangiliklari

img
22.04.2024

Ustozlar doim ehtiromda

"Professional ta'lim" kafedrasining professori Ismalova Zuxra Karabayevna tavallud kunini e'tibor va ehtirom ila tabriklash maqsadida Gidromeliorasiya fakulteti dekani Javlonbek Ishchanov va dekanat xodimlari nomidan ustozimizni tabriklash maqsadida sovg'alar bilan xushnud etdi.

Shu bilan bir qatorda universitetimiz rektori Bahodir Suyunovich Mirzayev nomlaridan ham tabriknoma taqdim etildi. Bu asosan rahbariyatning e'tibori va e'zozi hisoblanib, ustozimizga bo'lgan chesksiz hurmat belgisidir.    

Ustoz Zuxra Karabayevna, sizni yana bir bor "tavallud ayyomingiz bilan qutlaymiz! Sizga muvaffaqqiyat va mustahkam sog'lik tilaymiz! Barcha orzu-istaklaringiz ro'yobga chiqsin, yosh avlodni tarbiyalash yo'lida kuch-g'ayrat tilaymiz! Respublika pedagoglari sizni tajribangiz bilan tanishishga oshiqib turgan shogirdlaringiz doimo oldingizda bo'lib, sizdan ibrat olishlariga tilakdoshmiz!

Siz erishgan yutuqlar va ilm yo'lida zabt eygan cho'qqilarda yangi izlanishlar bilan yangi kashfiyotlar sizga yanada shijoat bag'ishlasin. Universitetimiz faxri va eng namunali olima ayollar safida bosh bo'lib, yanada ko'proq yutuqlarga erishib, baxtiyorlik nashidasini suring!

Universitet matbuot xizmati