TIQXMMI yangiliklari

img
22.04.2024

Tarbiyachilarning talabalar bilan suhbati

Joriy yilning 20-aprel kuni Universitetning Moliya ishlari boʻyicha prorektori B.Xasanov, fakultet dekan oʻrinbosarlari, TTJ bino mudiri hamda tarbiyachilari talabalar bilan davra suhbati oʻtkazishdi. Talabalarni qiynab kelayotgan muammolar oʻrganildi, yechim va xulosalar berildi. Taklif hamda muammolar atroflicha eshitildi. "Biz oilada tejamkorlikka rioya qilamiz.

TTJ ham bir oila" degan shior orqali oʻtkazilgan suhbat talabalar uchun manfaatli oʻtdi. Xususan maʼmuriyat tomonidan Issiq suv tizimida vaqt reglamenti qoʻyilganligi toʻgʻrisida eʼlon berildi. Issiq suv tizimi ertalab soat 9:00 dan 12:00 gacha, kech soat 23:00 dan ertalab soat 5:00 gacha boʻlgan muddatlarda oʻchiriladi.

Universitet matbuot xizmati