TIQXMMI yangiliklari

img
22.04.2024

Talabalar turar joyida uchrashuv

Joriy yilning 19-aprel kuni “Energetika” fakulteti TJAB kafedrasi assistenti D.Abdullayeva  3-talabalar turar joyida talaba qizlar bilan uchrashildi. Qizlar bilan tozalik, ozodalik va kiyinish madaniyati mavzusida suhbatlashildi. Ularga insonning kiygan kiyimi atrofdagilarda u haqidagi ilk taassurotni paydo qilishi, kiyinish madaniyati atrofdagi voqea-hodisalarga nisbatan munosabatimizni ifodalashi, libos kishining didi, dunyoqarashi hamda xulq-atvoridan darak berishi haqida tushunchalar berildi. Suxbat davomida talaba-qizlar tomonidan shunday mavzularda tez-tez uchrashuvlar oʻtkazib turilishi haqida takliflar bildirildi.

Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboyeva axboroti

Universitet matbuot xizmati