TIQXMMI yangiliklari

img
17.04.2024

Sport – doim foydali va zavqli

Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich 110-guruh talabalari bilan ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida universitetimiz sport majmuasiga tashrif buyurdik. Bu erda talaba- yoshlar uchun juda qiziqarli bo‘lgan sportning Armrestling turi bo‘yicha bellashuv uyushtirdik.

Bellashuvda nafaqat yigitlar, balki qizlar ham kuch sinashdi. Yigitlardan Doniyor, Farruxbek, Faxriyor va Javoxirlar o‘rtasidagi bellashuvda Javoxir g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Qizlardan Komila, Nozima va Laylo ham bo‘sh kelishmadi. Juda qiziqarli va kuchli bellashuvdan so‘ng, talaba- yoshlar badminton ham o‘ynashga tushib ketishdi. Bugungi kunimiz juda zavqli o‘tdi, hammamiz mazza qilib dam oldik. Doim sport bilan shug‘ullaning va sog‘-salomat bo‘ling.

“Iqtisodiyot” fakulteti   tyutori D.Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati