TIQXMMI yangiliklari

img
16.04.2024

Talabalar “Eko-zakovat” musobaqasida

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Ekologiya va huquq” fakulteti faol yoshlaridan tarkib topgan “ECO KLUB” jamoasi a’zolari 15 - aprel -“Ekologiyaga oid bilimlar kuni”  munosabati bilan o’tkazilgan “Eko-zakovat” musobaqasida faol ishtirok etishdi va O’zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirining Faxriy yorliq va esdalik sovg’alari (Smart soatlar) bilan taqdirlandilar.

Ishtirokchilar “Eko-zakovat” musobaqasida 12 ta savoldan 2 ta bo’limda jami 24 ta savollarga javob berishdi. Yakunda g’olib va sovrindorlar munosib taqdirlandilar.

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori X.Ro’zmetov axboroti

Universitet matbuot xizmati