TIQXMMI yangiliklari

img
15.04.2024

“2024 - Oliy ta’lim va kadrlar tayyorlashda xalqaro hamkorlik bo‘yicha yetakchi universitet dasturi” doirasida uchrashuv

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Janubiy Koreyaning “2024 - Oliy ta’lim va kadrlar tayyorlashda xalqaro hamkorlik bo‘yicha yetakchi universitet dasturi” doirasida Keymyung University  bilan hamkorlikda besh yilga mo‘ljallangan xalqaro grantni qo‘lga kiritdi.

Joriy yilning 12 aprelida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori Baxodir Mirzaev, Koreyadagi loyiha bosh koordinatori Prof. Lee Sangseo va Samarqand viloyati kasb-xunar markazi direktori Ismoil Ergashev  ishtirokida kick off davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Loyihaning maqsadi universitetda mexatronika va robotexnika yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislarni Koreyaning Keymyung University ilg‘or texnologiyasi va tajribasi asosida tayyorlash hamda  amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.