TIQXMMI yangiliklari

img
15.04.2024

Muborak bo'lsin, Umida!

ISTE'DOD, talant — nihoyatda zoʼr qobiliyat, biror sohada yuksak darajadagi layoqat. Joriy yilning 9-aprel kuni "Iqtisodiyot" fakulteti 208-guruh "Buxgalteriya hisobi va audit" yo'nalishi Iste'dodli talabasi Ismoilova Umida Voxidjonovna "O'ZBEKISTONDA TA'LIM" jurnali tahririyati tomonidan "ISTE'DOD" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi. Umida "O'zbekistonda ta'lim" jurnalida o'zining Vatanga bo'lgan buyuk muhabbat ruhida va boshqa bir qator sermazmun hayotiy she'rlari bilan faol ishtiroki uchun mana shunday yutuqlarga erishishi biz uchun ham faxr tuyg‘ularini bag'ishlaydi Umida tinimsiz izlanishlari, mehnatsevarliklari bilan havas qilsa arziydigan Iste'dodli talaba qizlarimizdan.

Umida a'lo o'qish bilan bir qatorda, fakultet xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova tomonidan o'tkazib kelinayotgan barcha ma'naviy-ma'rifiy, badiiy, tarbiyaviy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Universitetimizda "Navro'z" bayrami munosabati bilan o'tkazilgan "Sport" musobaqalarining "Shaxmat" turi bo'yicha ham faxrli 3- o'rinni egallagandi. Umida Universitetimiz rahbariyati tomonidan bir necha bor "Tashakkurnoma"lar bilan taqdirlangan. Umidani bu yuksak mukofot bilan chin qalbdan tabriklaymiz!

O'qish va ijodiga, yuksak parvozlar tilaymiz! Yutuqlaring bardavom bo'lsin Umida!

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati