![img](https://tiiame.uz/sites/default/files/photo_2024-04-08_11-01-54.jpg)
«Nafosat» ko’rik – tanlovi g’oliblarini taqdirlash
2024 yil 8 aprelda «NAFOSAT» ko’rik – tanlovi g’oliblarini taqdirlash do’lib o’tdi. Xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan o’rinbosari Z.Xafizova so’zga chiqdi. Z.Xafizova o’z so’zida “Yer resurslari va kadastr” fakultetida milliy liboslarni ommalashtirish bo’yicha “Nafosat” ko’rik - tanlovi bo’lib o’tganligi to’g’risida ma’lumot berib o’tdi.
Mazkur tanlovlarni o’tkazishdan maqsad xotin - qizlarimizni har jihatdan qo’llab-quvvatlash va ularning iqtidorini namoyon etishga qaratilgan.
Tanlovning maqsadi xotin-qizlarning kiyinish uslubini yanada takomillashtirish, ular o’rtasida milliy va zamonaviylik uyg’unligidagi, madaniyatimiz hamda mentalitetimizga mos liboslarni keng targ’ib qilishdir. Shuningdek, ushbu tadbir orqali xotin-qizlarning kiyinish madaniyatiga yangi uslub va tamoyillarni joriy qilish ham ko’zda tutilgan.
Tanlovga qatnashgan talaba qizlarimiz o’zlarining mahoratini juda chiroyli qilib namoish qilib berdilar. Ayniqsa viloyatlar kesimida milliy liboslarga ta’rif berib o’tdilar. Qaraqapog’iston respublikasi, Andijon , Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo , Surxondaryo, Qashqadaryo, Farg’ona, Xorazm, Toshkent viloyatlarining chiqishilari hakamlar hay’yatini lol qoldirishdi. Hakamlar hay’yati tomonidan berilgan savollarga talaba qizlarimiz ijobiy javob berishdilar.
Talabalar o’rtasida milliy va zamonaviy, mentalitetimizga mos liboslarni keng targ’ib qilish, xotin-qizlarning kiyinish madaniyatiga yangi uslub va tamoyillarni joriy qilishda faol qatnashgan quyidagi talaba qizlarimiz Sertifikat va sovg’alar bilan taqdirlandilar:
1. Mamajonova Nozima-115 guruh talabasi
2.Turdiyeva Mohichexra-115- guruh talabasi
3.Rasulova Ruxshona-109-guruh talabasi
4.Qodirova Zuhra-112- guruh talabasi
5.Negboyeva Dilnura-113- guruh talabasi
6.Musurmonova Fazilat-106- guruh talabasi
7.Bakirova Zuhra-112- guruh talabasi
8.Oʻktamova Ozoda-114 -guruh talabasi
9.Moʻminova Mushtariy-110- guruh talabasi
10.Madaminova Sevinchoy-102- guruh talabasi
11.Xolmirzaeva Shoira-208- guruh talabasi
12.Axmatova Gulshoda- 205-guruh talabasi
13.Murtozaeva Madina-203- guruh talabasi
"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova ma’lumoti
Universitet matbuot xizmati